loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Bugun, 2-fevral kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasida markaziy apparat boshqarma, bo‘lim va tizimdagi tashkilot hamda taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Badiiy akademiya raisi Akmal Nur olib bordi.

Dastlab viloyatlardagi taʼlim muassasalari rahbarlari “ZOOM” platformasi orqali muloqotda tegishli vazifalar ijrosi bo‘yicha maʼlumot berishdi.

Yig‘ilishda shuningdek, umumiy faoliyat yuzasidan galdagi ustuvor vazifalar tilga olindi. Xususan, Badiiy akademiya loyihalari, yechimini kutayotgan masalalarga eʼtibor qaratildi. O‘zbekiston tasviriy va amaliy sanʼatini rivojlantirishga xizmat qiladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, biyennale va anʼanaviy ko‘rgazmalar, boshqa yangi ijodiy loyihalar davom ettirilishi, sohaning atoqli namoyandalari tavallud sanalarini keng nishonlash, tizimdagi tashkilot hamda taʼlim muassasalari moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishi borasida ishlar izchil davom ettirilishi lozimligiga urg‘u berildi.

Yig‘ilish yakunida Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida joriy yil 23-27 yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston tasviriy va xalq amaliy sanʼati ko‘rgazmasini tashkil qilish va o‘tkazishga faol hissa qo‘shgan bir guruh xodimlar xizmati alohida eʼtirof etilib,  Badiiy akademiya tashakkurnomasi bilan  taqdirlanishdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.