loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Chet ellik rassomlar Qashqadaryo ISMIda

4-aprel kuni Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san‘at maktab-internatiga O‘zbekiston BIU a’zosi,taniqli rassom Dilorom Mamedova hamrohligida Turkiya, Eron,Qozog‘iston,Qirg‘iziston, Ozarbayjonlik rassomlar tashrif buyurishdi.

Ijodkorlar tashrif davomida maktab-internatidagi ijodiy ustaxonalar mutaxassislik fanlari mashg‘ulotlari bilan tanishishdi.

Xorijiy rassomlar bilan  ijodiy uchrashuv va mahorat darsi tashkil qilindi. Uchrashuv ko‘tarinki, samimiy ruhda, savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.