loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

«Ichimdagi ichimdadir»

27-fevral kuni poytaxtimizda O‘zbekiston xalq rassomi, akademik Akmal Nurning «Ichimdagi ichimdadir» nomli shaxsiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda madaniyat va san’at sohasi, O‘zbekistondagi xorijiy diplomatik vakolatxonalar, OAV vakillari, muallif ijodi muxlislari ishtirok etdi.

Ko‘rgazmada atoqli rassomning so‘nggi besh yil davomida yaratgan 70 ta asari o‘rin oldi.