Xalqaro tasviriy va amaliy sanʼat festivali doirasida bugun,19 aprel kuni Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati ko’rgazmalar zalida boshlanģich sinf o’quvchilari va ustozlari Xurshida Ostonova,Xulkar Tosheva tomonidan «Ertaklar yahshilikka yetaklar» rasmlari ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Ko’rgazmada bolajonlarning yuzdan ziyod ertaklarga ishlangan rasmlari namoyish etilmoqda. Ko’rgazma tashrif buyurgan mehmonlarga manzur bo’lmoqda. Маktаb-internati direktori N.Xolmurodova tomonidan ko’rgazma ishtirokchilariga esdalik sovg’alari topshirildi. «Asfaltga muhrlangan bolalik orzulari» loyihasi maktab-internati o’quvchilari va mahalla yoshlari ishtirokida o’tkazildi. Mahoratli rangtasvirchi pedagog rassom Aziz Mamutov tomonidan mahorat darsi tashkil etildi.