loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Bolalik orzulari

Xalqaro tasviriy va amaliy sanʼat festivali doirasida bugun,19 aprel kuni Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati ko’rgazmalar zalida boshlanģich sinf o’quvchilari va ustozlari Xurshida Ostonova,Xulkar Tosheva tomonidan «Ertaklar yahshilikka yetaklar» rasmlari ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Ko’rgazmada bolajonlarning yuzdan ziyod ertaklarga ishlangan rasmlari namoyish etilmoqda. Ko’rgazma tashrif buyurgan mehmonlarga manzur bo’lmoqda. Маktаb-internati direktori N.Xolmurodova tomonidan ko’rgazma ishtirokchilariga esdalik sovg’alari topshirildi. «Asfaltga muhrlangan bolalik  orzulari» loyihasi maktab-internati o’quvchilari va mahalla yoshlari ishtirokida o’tkazildi. Mahoratli rangtasvirchi pedagog rassom Aziz Mamutov tomonidan mahorat darsi tashkil etildi.

   

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.