loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Diplom topshirildi

24 iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida Dastgohli rangtasvir rassomi, Badiiy gilam va gobelenlar usta-rassomi mutaxassisliklari bo‘yicha diplom topshirish marosimi tantanali ravishda o‘tkazildi.

Marosimda maktab-internati rahbariyati, o‘qituvchilar va bitiruvchilarning yaqinlari ishtirok etdilar.

Marosimni maktab-internati direktori – J.Dosbergenov kirish so‘zi bilan ochib berdi va uzoq, mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgan 25 nafar bitiruvchilarga hayotdagi muhim bosqichlardan biri o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlangani bilan tabriklab, barchalariga kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tiladi.

Tadbirda o‘qituvchilar va ota-onalar bitiruvchilarga tabrik yo‘llab ularga omad tiladi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.