loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Аёлларга эҳтиром

Toshkent fotosuratlar uyida «O‘zbek ayoli – o‘tmish, nafosat, kelajak ramzi» shiori ostida «O‘zbekiston xotin-qizlari taʼlim sohasida» nomli anʼanaviy II Respublika fotoko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.“O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Oila va xotin qizlar qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur ko‘rgazmada O‘zbekiston kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanayotgan noyob fotolar namunalari namoyish qilinmoqda.Tadbirni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.Nuridinov ochib berdi.8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan tashkil etilgan ko‘rgazmadagi 200 dan ortiq fotosurat tarixiy davrlarni qamragan bo‘lib, o‘z davri madaniyati, muhiti,ijtimoiy holatini ifodalaydi. Xotin-qizlarga ilk maktab taʼlimi, ularning sotsial harakati, mavqei, mustaqillik yillarida ayollarga eʼtibor o‘z aksini topgan fotosuratlar tomoshabinda katta qiziqish uyg‘otishi shubhasiz.

 

“O‘zbekiston xotin-qizlari taʼlim sohasida” nomli fotoko‘rgazma 11 martga qadar davom etadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.