loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

‼️ DIQQAT!

YOSh IJODKORLAR UCHUN YANA BIR TANLOV!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat sohasini yana-da rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022 yil 2 fevraldagi PQ-112-son qaroriga asosan taʼlim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Ranglar jilosida – ona diyor” rasmlar tanlovi eʼlon qilinadi.

Tanlovda 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tasviriy sanʼat yo‘nalishi (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik) bo‘yicha yaratilgan ijodiy ishlari bilan ishtirok etishi mumkin.

Tanlov quyidagi yosh toifalari bo‘yicha o‘tkaziladi:

✅ 7 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar;

✅ 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar;

✅18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar.

📍Tanlovga bitta ishtirokchi tomonidan yaratilgan 1 (bir) dona ijodiy ish taqdim etiladi.

📍Tanlov ikki bosqichda tashkil etiladi:

🔼 birinchi bosqich – viloyat bosqichi: iyul oyida Badiiy ijodkorlar uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat bo‘limlari tomonidan tashkil etiladi;

🔼 ikkinchi bosqich – respublika bosqichi: avgust oyida respublika Tashkiliy qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladi.

‼️Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar arizalari 2023-yilning e’lon qilingan kunidan boshlab 20-iyuliga qadar Badiiy ijodkorlar uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat bo‘limlari tomonidan qabul qilinadi.

🔰 Tanlovning respublika bosqichi uchun ijodiy ishlar tegishli hujjatlar bilan birgalikda joriy yilning 5-avgustiga qadar Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Xojib ko‘chasi, 37/A-uy manzili, Xalqaro madaniyat karvon saroyi binosida
(☎️ telefon: (71) 252-30-88,
(71) 256-35-56) qabul qilinadi.

☎️ Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun telefon: (+99871) 232-06-75

📍Quyida  “Ranglar jilosida – ona diyor” rasmlar tanlovi Nizomi va Anketasi taqdim etilmoqda

Anketa-ariza   Nizom

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.