loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

📣 DIQQAT, TANLOV‼️!

🎨O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Kemyong universiteti (Koreya Republikasi) hamkorligida joriy yilgi an’anaviy Xalqaro Tasviriy va amaliy san’at festivali doirasida “San’at va madaniyat” mavzusida tasviriy san’at tanlovi o‘tkazilmoqda.

❗️Tanlov shartlariga ko‘ra ijodiy ishlar “Peyzaj va portret’’ mavzusida qabul qilinadi.

📆 Ijodiy ishlar qabul qilinishining muddati 2024-yilning 5-aprel kunigacha belgilangan.

Ijodiy ishlarga qo‘yiladigan talablar:

🖼 Ijodiy ishlar 41 sm*59,4 sm (A2) o‘lchamdagi kent qog‘ozi yoki tuval (xolst) da aks ettirilgan bo‘lishi;

👩‍🎓Tanlovda faqat maktab o‘quvchisi yoki OTM talabasi ishtirok etishi mumkin;

📝Ishtirokchilar o‘z ijodiy ishi orqasida shaxsiy ma’lumotlarini ilovadagi jadvalga muvofiq (ikki tilda) to‘ldirib joylashtirishi lozim bo‘ladi.

❗️Tanlovga O‘zBA tomonidan tuziladigan maxsus komissiya hakamlik qilib boradi.

Natijalar Festival davomida e’lon qilinadi.

🎁 G‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlar topshiriladi.

🏢Ijodiy ishlar Badiiy akademiyaning Ijodkor yoshlar bilan ishlash bo‘limiga (Toshkent sh., O‘zBA binosi, 35-uy, S.Azimov ko‘chasi, tel: +998-71-232-06-75) topshiriladi.

Tanlov Nizomi o‘zbek va rus tillarida ilova qilinmoqda!

Kemyong universiteti tanlovi Nizomi
Положение_о_конкурсе_Университета_Кемёнг

Tanlov anketasi
Anketa

 

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.