loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

10 dekabr – O`zbekiston Respublikasining madxiyasi qabul qilingan kun

Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabida O`zbekiston Respublikasi  madhiyasi qabul qilingan kun  munosabati bilan bayram tadbiri bo’lib o’tdi. 

Maktabning ma`naviyat xonasida Milliy arxeoligiya markazi kichik ilmiy xodim, tarixchi olim A.Omonovning maktab o`quvchilari bilan madhiyamiz ahamiyati haqida suxbati tashkil etildi. 

 Tadbirda maktabning kasbiy ta’lim bo’yicha direktor o’rinbosari  J.Xolmuxamedov so‘zga qichib, O`zbekiston Respublikasining madxiyasi kuni munosabati bilan tashkil etilgan ushbu tadbirning mazmun mohiyati haqida gapirib o`tdi va barchani bu bayram bilan tabrikladi.

Bayram tadbiri doirasida  “Davlat ramzlari-mustaqillikning ma`naviy poydevori!” mavzusida kitoblar ko`rgazmasi tashkil etildi. Har bir sinfda darslar davlatimiz madxiyasini kuylash bilan boshlandi.

Shuningdek, tadbir davomida o`quvchilar o`rtasida e`lon qilingan “Ulug` xalq qudrati jo`sh urgan zamon” mavzusida e’lon qilingan  rasmlar tanlovida ishtirok etgan enf faol o`quvchilarga diplomlar taqdim etildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.