loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Akmal Nur Yaponiya imperatorining ordeni bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Yaponiya imperatorining «Chiqayotgan quyosh ordeni, Oltin nurli bo‘yin tasmasi» ordeni bilan taqdirlandi.

2023-yil 3-noyabrda Yaponiya hukumati O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nurni «Chiqayotgan quyosh ordeni, Oltin nurli bo‘yin tasmasi» bilan taqdirlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Mazkur orden  yuqori darajadagi mukofot bo‘lib, faqat maʼlum sohada yuqori natijalarga erishgan shaxslarga beriladi.

Orden o‘tgan yillar davomida Akmal Nurning  O‘zbekistonda yapon madaniyatini ommalashtirish va ikki davlat o‘rtasidagi madaniy almashinuvni rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasining eʼtirofi sifatida berildi.

Shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston Badiiy akademiyasida rais Akmal Nurga Yaponiya imperatorining ushbu ordenini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Yaponiyanig O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Xatori Takashi janoblari ishtirok etdi va so‘zga chiqdi:

Bugun men ushbu ordenni rais Nuridinovga uning O‘zbekistonda yapon madaniyatini ommalashtirish va o‘tgan yillar davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy almashinuvni rivojlantirishga qo‘shgan ko‘p yillik salmoqli hissasini eʼtirof etib topshiraman. “Chiqayotgan quyosh ordeni, Oltin nurli bo‘yin tasmasi”ni taqdim etish men uchun katta sharaf va baxt.

Xabaringiz bor, 2022-yilda Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi nishonlandi. Ushbu voqea munosabati bilan 2022-yilda Oʻzbekiston aholisini Yaponiya madaniyati va sanʼati bilan tanishtirishga qaratilgan turli tadbirlar oʻtkazildi.

Ushbu tadbirlarni tashkil etishda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi har tomonlama yordam berdi.

Fursatdan foydalanib, rais Nuridinovga uning yordamisiz amalga oshirish qiyin bo’lgan bir qator madaniy almashinuv dasturlarini tashkil etishda qo’llab-quvvatlagani uchun yana bir bor minnatdorchilik bildiramiz.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.