loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

AMERIKALIK RASSOMNING TASHRIFI

Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga Amerika Qо‘shma shtatlarida zamonaviy rassom bо‘lib tanilgan ijodkor Negar Ahkami tashrif buyurdi. Taniqli rassomga Qo‘shma shtatlarning yurtimizdagi elchinoxasining Madaniyat va ta’lim bo‘yicha mutaxassislari Saray Talalay va Sardor Gaziyevlar hamroh bo‘lishdi.

🎨 Negar Ahkami dastavval institutning ijodiy uxtaxonalari bilan tanishdi. Shundan so‘ng Tasviriy san’at fakultetida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan suhbat olib bordi. Suhbat mobaynida rassom tomonidan o‘zbek milliy tasviriy san’atiga nisbatan Amerikalik ijodkorlarning munosabati va qiziqishi yuzasidan fikrlarini bildirdi.

✅ Zamonaviy dunyo tasviriy san’atida yurtimizdan ham yetuk ijodkorlarning yetishib chiqishi, bu borada hamkorlik ishlarini samarali yo‘lga qo‘yilishi yuzasidan takliflar bildirildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.