loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

A’zamxo‘ja Asqarovning «Go‘zalllik sirlari» nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi

Bugun, 1-may kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida O‘zbekiston Xalq rassomi, rangtasvirchi rassom A’zamxo‘ja Asqarovning «Go‘zalllik sirlari» nomli shaxsiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmada rassomning rangtasvir, rangli shisha san’ati (vitraj), billur sovg‘a idishlaridan tashkil topgan 40 ga yaqin asarlari namoyish qilindi.

Rassom ijodi boshqalarga o‘xshamaydi. Chunki u shisha bo‘yicha noyob mutaxassislaridan biri. Uning asarlarida asosan, insonlarning ichki dunyosi, tabiat uyg‘unligi, go‘zalliklarni ko‘rish va zavqlanish, rang falsafasi va uyg‘unligi, ranglardasi mohiyat va uni his qilish aks etadi.

Ko‘rgazma joriy yilning 12-may kunigacha davom etadi‼️

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.