loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Baxt epkinlari

#Navroʻz_2023

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida Amaliy san’at fakultetining Amaliy san’at asarlarni ta‘mirlash ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Sitora Pardaboyevaning gobelen va amaliy san’atning boshqa turlarida yaratgan ijod namunalaridan iborat ilk shaxsiy ko‘rgazmasi “Baxt epkinlari” nomi ostida tashkil etildi.

Ko‘rgazmada ijodkorning 30 dan ortiq ijodiy ishlari o‘rin olgan bo‘lib, turli xil mazmun-mohiyatga ega kompozitsion gobelenlar va dekorativ amaliy san’at namunalari o‘rin egallagan.

Ijodiy ishlar ko‘rgazmasida institutda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, tasviriy va amaliy san’atning sir-u asrorlarini o‘rgatgan ustozlari tomonidan samimiy fikrlar bildirildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.