loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

BITIRUV MALAKAVIY ISHI HIMOYALARI – 4-KUN

Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakultetining «Mahobatli rangtasvir» hamda «Xattotlik va miniatyura» ta’lim yо‘nalishlari talabalarining Bitiruv malakaviy ishi himoyalari bо‘lib о‘tdi.

Unda «Raqs jilosi», «Tafakkur mahsuli», «Yangi asr avlodi», «Yurtim jilosi» va boshqa mavzular asosida yaratilgan mahobatli rangtasvir kompozitsiyalari hakamlar va tomoshabinlar hukmiga havola etildi.

Xattotlik va miniatyura ta’lim yо‘nalishi talabalari esa «Jaloliddin Manguberdi jasorati», «Yulduzli tunlar», «Yangi O‘zbekistonda bunyodkorlik maydoni», «Ulug’bek xazinasi», «Sarkarda yosh sohibqiron» va boshqa kо‘plab mavzular asosida ishlangan miniatyura kompozitsiyalarini namoyish etishdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.