loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Bitiruv malakaviy ishi himoyalari

Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakulteti Dastgohli rangtasvir hamda Kasb ta’limi: dastgohli rangtasvir yо‘nalishlari talabalarining Bitiruv malakaviy ishi himoyalari bо‘lib о‘tdi.

Unda ishtirok etgan О‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur bitiruvchi yoshlarni ushbu hayajonli, mas’uliyatli himoya bilan muborakbod etdi hamda bugun milliy san’atimizda о‘z fikri, uslubi va dunyoqarashiga ega bо‘lgan yosh ijodkorlar avlodi shakllanayotganini taʼkidladi, bugungi bitiruvchilar kelajakda institutda egallagan bilim va kо‘nikmalari bilan yurtimiz tasviriy san’ati rivojiga munosib hissa qо‘shishlarini tiladi.

Mazkur himoyada «Darbozchilar», «Orol», «Fidoiylar», «Xotiralar», «Hasharchilar», «Ona muhabbati», «Mo‘ynoq», «IT park», «Choshgoh», «Ohang», «Go‘zallik saloni», «Bibi xonim» va boshqa bir qator bitiruv malakaviy ishlari Hay’at raisi, О‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Anvar Mamajanov boshchiligidagi komissiya a’zolari tomonidan har tomonlama tahlil etilib, baholandi.

Himoyada talabalarga kelajakda о‘z ustida yanada kо‘proq ishlab, yetuk ijodkor bо‘lishlari uchun zarur bо‘lgan muhim maslahatlar berildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.