loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

DIQQAT TANLOV!

О‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Bojxona qо‘mitasi О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Mening armiyam-mening faxrim!” mavzusidagi eng yaxshi tasviriy san’at asarlari tanlovini

✅Tanlov harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, yosh ijodkorlar, shuningdek, о‘rta va oliy ta’lim muassasalari talaba-о‘quvchilari о‘rtasida tashkil etiladi.

✅Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlarga qо‘yiladigan asosiy talablar:

✅о‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otish, Vatan taqdiriga befarq bо‘lmaslikni yoshlar ongiga, qalbiga singdirish;

✅Qurolli Kuchlar faoliyatidan faxrlanish, Vatanga va harbiy qasamyodga sodiqlik;
xalq bilan armiyaning birdamligi, milliy armiyamiz bilan faxrlanish, davlat va jamiyatda armiyaning о‘rni va ahamiyati;

✅Qurolli Kuchlar faxriylari, harbiy an’analar, harbiy burch, nomus, mardlik va jasoratni ulug‘lash; qahramonlik va jasurlik siymolari; tarixiy shaxslar, buyuk sarkardalarimizning siymolari, tarixiy janglardagi buyuk vatanparvarlik aks ettirilishi;

✅Vatan himoyachilari va Qurolli Kuchlar xizmatchilarining ijobiy timsolini yaratish.

🔹Tanlovda yosh ijodkorlar, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, о‘rta va oliy ta’lim muassasalari talaba-о‘quvchilari tasviriy san’at yо‘nalishi bо‘yicha ishtirok etishlari mumkin.

🔹Tanlovda ishtirok etish istagida bо‘lgan havaskor va yosh ijodkorlar о‘z ijodiy ishlarini 2024 yilning 04 yanvariga qadar 100047, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Istiqbol kо‘chasi, 4-uy manzilida joylashgan Toshkent fotosuratlar uyiga ijodiy ishlarini ariza bilan olib kelishlari mumkin.

❇️Ma’lumot uchun telefonlar: (71) 232-17-66, (71) 232-06-75

 

Anketa-ariza

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.