loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Do‘stlik palitrasi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zalida 30- iyul – Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan «Do‘stlik palitrasi» deb nomlangan badiiy ko‘rgazma ochildi.

“Do‘stlik” xalqaro festivali doirasida tashkil qilingan ko‘rgazmada yurtimizda yashab, ijod qilib kelayotgan turli millat vakillarining rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, zamonaviy sanʼat asarlari o‘rin oldi.

Jumladan, Anush Avakyan, Radik Azizov, Marina Borodina, Rimma Gagloyeva, Florida va Valeriy Gambarovlar, Yuriy Grebenyuk, Lyudviga Nesterovich, Nigora Latipova, Vartan Ovsepyan, Yevgeniy Panov, Saidbek Sabirbayev, Rimma Gazaliyeva, Viktoriya Troshina, Aleksandr Tyurin, Yevgeniy Pak, Tatyana Fadeyeva, Vasiliy Xapov, Jamshed Chorshanbiyev, Timur Raxmetov, Erik Kulmanov, Vladimir va Taras Chub, Yusuf Guseynov, Zaur Mansurov, Shahnoza Abdullayeva, Rinat Muxametshin, Irina Muxametshina, Alisher Hamdamov,Yigitali Sattorov, Mirvohid Mirsaidov kabi ijodkorlar o‘z asarlari bilan ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.