loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

EʼLON!

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-oktabrdagi “Mamlakatimizda “15-oktabr-Xalqaro qishloq ayollari kuni”ga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi 45-sonli majlis bayoni asosida oktabr oyida mazkur sana munosabati bilan qishloq xududlaridagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolliklarini oshirishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar doirasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Chora-tadbirlar dasturining 3.3-bandiga asosan Badiiy akademiya va xududiy boshqarmalar qishloq ayollarining xayoti va mehnati, ularning jamiyat rivojidagi tutgan o‘rnini targ‘ib qilishga qaratilgan fotosuratlar va rasmlar ko‘rgazmalarini tashkil etish belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, joriy yilning 13-oktabr kuni soat 11.00 da O’zbekiston Badiiy akademiyasining Toshkent fotosuratlar uyida fotoko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
(Кo‘rgazma 13-14-oktabr kunlari soat 10.00 dan 17.00 ga qadar davom etadi).

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.