loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Ekologiya va tinchlik – Vatan ravnaqi garovidir

Bugun, 21-iyul kuni O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Namangan viloyat bo‘limi galereyasida «Ekologiya va tinchlik – Vatan ravnaqi garovidir” mavzusida ko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zBIU Namangan viloyat bo‘limi tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmaning ochilish tadbirida O‘zbekiston badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur, Tojikistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi A.Raxmonzoda, viloyat hokimligi mutasaddilari, rassomlar, yosh musavvirlar,keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi yurtimizda yosh avlodni barkamol, o‘zbek madaniyati va sanʼatini dunyoga tanitadigan yoshlarni tarbiyalash, ularda ekologiyani asrab-avaylashga eʼtiborni kuchaytirishdan iborat. asosiy vazifalaridan biridir.

Ko‘rgazmada viloyatda ijod qilayotgan qator rassomlar-E.Abdullayev,
M.Axmedov,K.Qambarov va boshqa mo‘yqalam ahlining 100 ga yaqin plakat hamda manzara janridagi sanʼat asarlari o‘rin oldi.

Ushbu ko‘rgazmaga qo‘yilgan asarlarda yurtimizda ekologiyani asrashga qaratilgan ishlar,qardosh davlatlar o‘rtasidagi hamjihatlik rishtalarini bog‘lab turuvchi boy madaniy merosimiz,urf-odatlarimiz va anʼanalarimiz tarannum etilgan.

Tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur viloyatda tasviriy va amaliy sanʼat rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan rassomlar K.Qambarov,M. Axmedov, E.Abdulloyevga Badiiy akademiya diplomi, Farg‘ona vodiysida ustoz-shogird anʼanalarini davom ettirayotgan I.Mamadaliyevga oltin medalini topshirdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.