loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

E’LON

2024-yil uchun stajyor-tadqiqotchilikka hujjat qabul qilish muddati uzaytirildi!O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘i bilan 2024-yil uchun doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka va stajyor-tadqiqotchilikka hujjat qabul qilish muddatlari joriy yil 10-noyabrga qadar, kirish imtihonlarini tashkil etish 30-noyabrga qadar uzaytirildi.

2024-yil uchun О‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Rassomlik mahorat ustaxonasi (oliy rassomlik kursi)ga qabul hujjatlari joriy yil 10-noyabriga qadar (shu kun ham kiradi) qabul qilinadi. Kirish imtihonlari esa 30-noyabrga qadar uzaytirilganligini ma’lum qilamiz.

❗️ Eslatma:Qabul hujjatlari О‘zbekiston Badiiy akademiyasi mas’ullari tomonidan qabul qilinadi yoki rad etiladi. Hujjatlar belgilangan qabul muddatiga qadar Badiiy akademiya tomonidan qabul qilingan bo‘lishi lozim. Qabul muddati yakunlanganidan so‘ng hujjatlarni tahrirlash imkoni mavjud emas.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.