loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

“Eng ulug‘,eng aziz” ko‘rik tanlovi  ko‘rgazmasi ochildi.

Bugun,25-avgust kuni Toshkent fotosuratlar uyida mustaqilligimizning o‘ttiz ikki yilligiga bag‘ishlangan “Eng ulug‘,eng aziz” ko‘rik tanlovi  tasviriy  sanʼat, foto va dizayn  ishlari yo‘nalishi bo‘yicha Respublika bosqichi ishtirokchilari asarlari ko‘rgazmasi ochildi.

Badiiy akademiya, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar uyushmasi, Kinematografiya agentligi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda Milliy teleradiokompaniya hamkorligida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovning tasviriy sanʼat, foto va dizayn ishlari yo‘nalishi bo‘yicha joriy yil 56 nafar muallif 602 dan ortiq ijodiy ishlar bilan ishtirok  etishdi. Ko‘rik-tanlovning Respublika bosqichida hayʼat aʼzolari ijodiy ishlar chuqur o‘rganib, g‘oliblarni aniqlash uchun muhokamaga qo‘ydi.

G‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi joriy yil 29-avgust kuni Yoshlar ishlari agentligida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.