loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Go’zallikka da’vat

Toshkent fotosuratlar uyida O’zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rassom Bahtiyor Yusupovning “Go‘zallikka da’vat” nomli bahorning go‘zal bayrami, Navro‘zga bag‘ishlangan shaxsiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmada rassomning 50 ga yaqin rangtasvir asarlari namoyish etilmoqda.

Bahtiyor Yusupovning aksariyat asarlarida tasviriy san’atning realizm, ekspressionizm, dekorativizm, superrealizm, simvolizm singari turli yo‘nalish va manzara, portret, natyurmort kabi janrlari uyg‘unlashib ketgan. Biroq umumiy jihatdan oladigan bo‘lsak, ularda bezakdorlik ustunlik qiladi. Tomoshabin birinchi qaraganidayoq ranglar uni jalb qiladi, keyin shakllar va undan keyingina asar mavzusi mazmuniga kirib boradi.
B. Yusupovni sermahsul ijodkor deyish mumkin. U doimiy izlanishlar, tajribalar qilishdan charchamaydi.

Ushbu ko‘rgazma ekspozisiyasidagi asarlar-“Nonni tafakkur ila anglash”, “Muhabbat kuyi”, “Katta san’at og‘ushida”, “Tongdagi fikrlar (V.Karasyov haqida), “Ogoh bo‘l”, “Muborak xabarlar” shuningdek, tematik portretlar eʼtiborga sazovor. Chunki ularda rassomning ijodiy nuqtai nazari, uning ishlash texnikasi, qiziqadigan mavzulari va yo‘nalishlari o‘z ifodasini topadi….

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.