loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Halqaro haykaltaroshlik simpoziumi yakunlandi

«Toshkent-2023» II Toshkent halqaro haykaltaroshlik simpoziumining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu yil Hindiston, Eron, Buyuk Britaniya, Rossiya, Belarus, Gruziya, Ispaniya, Argentina, Italiya va Turkiyadan 10 nafar, yurtimizdan 11 nafar haykaltarosh ishtirok etdi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlarni asrab-avaylash, Orol dengizini tiklash-simpoziumning mavzusi bo‘ldi. Har bir haykaltarosh o‘z ijodida ushbu dolzarb mavzularga  shaxsiy munosabat bildirgan.

Simpozium zamonaviy haykaltaroshlik san’ati rivojida muhim qadam bo‘ldi, yangi do‘stlik ko‘priklarini bunyod etdi, atrof-muhitni muhofaza qilishga jamoatchilik etiborini jalb qildi.Ushbu haykallar  Toshkentning turli go‘shalariga qo‘yiladi.

Tadbirda simpozium haykaltaroshlariga sertifikat berildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.