loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Ijod ohangi

Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining Dastgohli rangtasvir rassomi yo’nalishi pedagogi Tilov Erdonovning  60 yoshga to’lishi munosabati bilan Shahrisabz shahar madaniyat markazi ko’rgazmalar zalida «Ijod ohangi» nomli shaxsiy ko’rgazmasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.Ko’rgazmani O’zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo’limi raisi G’anisher Haydarov ochib berdi.Ko’rgazmada rassomning oltmishdan ortiq rangtasvir asarlari namoyish etilmoqda. Tabrik uchun so’z olgan «El- yurt hurmati» va «Fidokorona xizmatlari» ordenlari sohibi Elmurod Boymurodov rassomning ijodi haqida fikr-mulohaza bildirdi, muvaffaqiyat tiladi.Ko‘rgazma san’at ixlosmandlari bilan gavjum bo‘lib, ajoyib taassurot uyg‘otmoqda.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.