loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Ijodiy uchrashuv

Bugun O‘zbekiston Badiiy akademiyasining anjumanlar zalida O‘zbekiston xalq rassomi, akademik Akmal Nur bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Badiiy akademiya huzuridagi malaka oshirish markazi tinglovchilari – Andijon viloyati bolalar musiqa va sanʼat maktabi o‘qituvchilari ishtirok etgan tadbirda Akmal Nurning ijodi, rangtasvirdagi yuksak mahorati, hayotiy tajribasi haqida so‘z bordi.

Tasviriy sanʼat ezgulikga xizmat qilishi, insoniy tuyg‘ularni tarbiyalashi kerak. Atrofdan go‘zallik axtaraman va uni topib, tasvirlayman, – deydi akademik rassom.

Tinglovchilar xalq rassomi bilan samimiy suhbatlashdi, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.