loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Ijodiy uchrashuv

🏛 Bugun, 29-mart kuni O’zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Toshkent shahridagi Renessans ta’lim universitetiga tashrif buyurdi.

🖼 Tashrif avvalida oliygoh talabalari tomonidan tashkil etilgan ko’rgazmani universitet rektori va mas’ul xodimlari hamroxligida yaqindan tanishdi.

🎤 Shundan so’ng, Akmal Nur ishtirokida uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuv ko’tarinki ruhda, samimiy tarzda bo’lib o’tdi.

Ijodiy uchrashuvdan ko’zlangan asosiy maqsad, yoshlarni ilmiy va badiiy tafakkurini yuksaltirish, ularning san’atga bo’lgan qiziqishini yanada orttirishdan iboratdir.

🎓 Uchrashuvda o’qituvchi va talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.