loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Ikki buyuk siymoga bag‘ishlandi

Mana oradan besh asrdan ortiq vaqt o‘tibdiki, ulug‘ mutafakkir bobolarimiz, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning boy ma’naviy merosi butun dunyoni hayratga solib, insonlar qalbiga ezgulik, insonparvarlik, saxovat va mehr-muruvvat nurini taratib kelmoqda.Shu kunlarda yurtimizda Alisher Navoiy tavalludining 582 hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi keng nishonlanmoqda.Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida «Ikki buyuk siymo» mavzusidagi o‘tkazilgan adabiy-badiiy kecha ham Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlandi.Tadbirda maktab-internati direktori J.Dosbergenov har ikki ijodkor dunyo adabiyoti tarixida juda katta o‘rin tutishini, xalqparvar davlat arbobi sifatida jamiyatda tutgan yuksak mavqei jihatidan ham, ilm-fan, madaniyat va san’at, adabiyot ahliga ko‘rsatgan homiyligi jihatidan ham o‘xshashi yo‘q siymo ekanligini, ular bugun xalqimizning milliy iftixoriga, adabiy, ma’naviy kamolot timsoliga aylanganligini ta’kidladi.Tadbirda maktab-internatining 7 – 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Navoiy va Bobur ijodiga bag‘ishlangan «Bilimdon o‘quvchilar» tanlovi o‘tkazildi.Tanlovda o‘quvchilar 5 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashib, g‘olib va sovrindorlar hamda tadbirning faol ishtirokchilari maktab-internati jamoasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlandi.Tadbirda Nukus garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, mayor Z.Alijonov, orkestr boshlig‘i-harbiy dirijyor, leytenant A.Rasulov va orkestr musiqachisi-harbiy xizmatchi I.Karimovlar ishtirok etdi.Tadbir davomida orkestr ijrochilari hamda maktab-internati o‘quvchi-yoshlari ijrosida kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.