loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

«Ilhom parisi» nomli shaxsiy ko’rgazma

O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta zalida rassom Erik Kulmanovning “Ilhom parisi” nomli shaxsiy k`orgazmasi ochilishi bo`lib o`tdi.

Rassomning ilk asarlari orasida manzaralar katta o‘rinni egallaydi. Albatta, bunda rassomning tug’ilgan joyining ta’siri ko`rinib turibdi. Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida tug‘ilgan musavvirni bolaligidanoq tog’larning ulug’vor tabiati o`rab olgan. Yoshi ulg`aygani sari allaqachon rassom uni nafaqat tabiatning go’zalligi, balki falsafa ham qiziqtirishini anglab yetdi. Shunday qilib, vaqt o’tishi bilan rassom atrofimizdagi dunyoni bilishdan boshlab, inson qalbining tabiatini o’rganishga asta –sekin o’ta boshlaydi.

Rassom turkum asarlar yarata boshlaydi masalan, «Yerda jannat izlovchilar», «101 mahbus» va «O’zini izlayotgan sayohatchi» seriyalari butunlay inson qalbining turli xil holatlari tasvirlarini izlashga bag’ishlangan. Bu izlanishlar ham tarixning rassom ijodiga katta ta’sirini ochib beradi.

Erik Kulmanovning “Ilhom parisi” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi qoshidagi rassomchilik ustaxonasida stajyor-tadqiqotchi sifatida “Rassomlik bo‘yicha oliy kurs”ni tamomlagani haqidagi hisobot ko‘rgazmasidir. Shungdek, rassomning ustaxonaga kirishdan oldingi asarlari ham taqdim etilmoqda. Namoyish etilayotgan asarlarning ko`pchiligi rassomning rivojlanish va shakllanish yo’li haqida aniqroq tasavvur hosil qilish imkonini beradi.

Ko`rgazma joriy yilning 21 sentyabrigacha davom etadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.