loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Hamkorlikdagi ko’rgazma

Bugun, 6-dekabr kuni Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabida uning 2012-yil bitiruvchisi, hozirda Toshkent xalqaro kimyo universiteti katta o`qituvchisi Karim Umirov va uning shogird-talabalari ijodiy ishlari ko`rgazmasi ochildi.

Toshkent xalqaro kimyo universiteti  Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi bilan o`quvchilarni kasbga yo`naltirish va xamkorlik qilish maqsadida ushbu ijodiy ishlar ko`rgazmasini tashkil qildi.

Mazkur tadbirning tashkil etilishi ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga va o`zaro memorandum imzolanishiga xizmat qiladi.

Tadbirda Toshkent xalqaro kimyo universiteti prorektori K.Axmadjanov, Universitetning arxitektura fakulteti dekani K.Saidov, O`zbekiston Badiiy akademiyasi akademiklari Jamol Usmonov, Anvar Mamajonov hamda Benkov maktabi jamoasi va o`quvchilari ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.