loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Ipak yo’li jozibasi

2-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.07.2018 yildagi PQ-3855-sonli «Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qaroriga asosan Markaziy ko’rgazmalar zalida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tashabbusi bilan «Ipak yo’li jozibasi» nomli madaniy tijorashtirilgan tadbir bo’lib o’tdi.Miloddan avvalgi II asrdan – milodiy XVI asrga qadar Sharq va G’arbni bog’lovchi xalqaro savdo munosabatlarida muhim ahamiyat kasb etgan Buyuk Ipak yo’li nafaqat tijorat, balki madaniyat, san’at hamda hunarmandchilikning rivojlanishiga poydevor bo’lgan. Asrlar davomida Ipak yo’lida joylashgan mamlakatlarning san’ati, madaniyati hamda badiiy hunarmandchiligi o’ziga xosligini mukammallashtirib bordi va sifat, raqobatdoshlik, nafosat elagidan o’taolganlarigida bugun kunga qadar etib keldi.

Xitoy chinnisi va ipak matolari, Eron gilamlari, Eloq jangovar qilichlari, Samarqand qog’ozi-yu hind zeb-ziynatlari bilan mashhur bo’ldi.Buyuk Ipak yo’lining chorrahasida joylashgan Turon, IX asrdan keyin Movarounnahr nomini olgan o’lkada ham san’at, madaniyat hamda badiiy va amaliy hunarmandchilikning bir qator turlani o’z rivojiga yetdi.Mazkur tadbirdan ko’zlangan maqsad o’rta asrlardan hozirgi kunga qadar o’zining tarixiy-madaniy ahamiyatini yo’qotmagan Buyuk Ipak yo’lining jozibasini kompleks tarzda tasvirlash, qadimiy savdo yo’lidagi mamlakatlar hamda o’lkamizning o’tmishi va bugungi kundagi san’at va madaniyatini namoyon etish orqali Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutidagi ta’lim yo’nalishlari faoliyati bilan tanishtirishdir.

– Buyuk Ipak yo’lining o’rta asrlardagi mavjud savdo aloqalarini «Ipak yo’li bozori» ko’rinishida namoyon qilish;

– «Ipak yo’li bozori»da mavjud savdo rastalari orqali asrlar davomida shakllanib kelayotgan hunarmandchilik an’analarini ko’rsatib berish;

– «Ipak yo’li bozori» orqali san’at va madaniyatning rivojlanish ildizlari hamda bugungi kundagi jozibasini ko’rsatish;

Milliy an’analar, millliy va zamonaviy liboslar, milliy san’at va hunarmandchilik namunalarini namoyish etish orqali milliy qadriyatlarimizning jozibasini ochib berish orqali Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida mavjud bo’lgan ta’lim yo’nalishlarining faoliyati bilan tanishtirildi.Tadbirga Respublikamizning san’at va madaniyat sohasida faoliyat olib borayotgan davlat va nodavlat idoralar mulozimlari hamda chet el elchixonalari vakillari taklif etildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.