loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Ishchi guruh o‘rganishlari

Prezident Administratsiyasi tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida   ishchi guruh bugun Surxondaryo viloyatidagi  мadaniyat markazlari,  musiqa va san’at maktablari hamda boshqa muassasalar faoliyatini o’rganib chiqdi.

✅O’zbekiston Badiiy akademiyasi Ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash boshqarmasi boshlig’i M.Qurbonov Ro’zi Choriyev nomidagi Surxondaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatiga tashrif buyurib, xodimlar bilan suhbat o’tkazdi, shart-sharoitlarni o’rganib chiqdi.

O’quvchilar turar joyida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashib, yutuq va kamchiliklar xususida xulosaviy fikrlarini bildirdi, mas’ullarga topshiriq va vazifalarni belgilab berdi.

Prezident Administratsiyasi topshirig‘iga asosan hududlarda madaniyat va sanʼat muassasalari faoliyatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Ishchi guruh aʼzosi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ta‘lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta‘minlash boshqarmasi boshlig‘i Mirzohid Qurbonov Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san‘at maktab-internatiga tashrif buyurib, o‘rganish ishlarini olib bordi.

Tashrif davomida Qashqadaryo ISMI pedagogik jamoasi, xodimlar bilan suhbat o‘tkazdi, yutuq va kamchiliklar, bildirilgan takliflar asosida masʼullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.