loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Istiqbolli dizaynerlar haftaligi

Joriy yil 21-27 sentyabr kunlari Xitoy xalqaro nashriyot guruhi tomonidan Shinjon-Uyg‘ur avtonom tumanida Markaziy Osiyo-Xitoy istiqbolli dizaynerlar haftaligi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Haftalik doirasida turkum madaniy tadbirlar, ko‘rgazmalar, ijodiy muloqotlar, Xitoy va Markaziy Osiyo yoshlarining dizayn yo‘nalishida tajriba almashinuvi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Mazkur haftalikda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzolari – Jasur Jumayev hamda Bobur Dadamuxamedov ishtirok etadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.