loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Janubiy Koreya va O‘zbekiston rassomlari ko‘rgazmasi

Bugun,13-iyul kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida Koreya Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yana-da mustahkamlash maqsadida qo‘shma ijodiy ko‘rgazma tashkil etildi.Unda xalqlarimizning o‘ziga xos Yevropa tasviriy sanʼat maktabi va milliy madaniyatining ijodiy tandemi namoyish etilmoqda.

Vernisajda o‘rin olgan asarlar mavzulari xilma-xil- bular O‘zbekiston va Koreyaning realistik manzaralari, primitiv uslubda chizilgan natyurmortlar, Osiyoning animalistik syujetlari, predmetsiz kompozitsiyalarda chiziq va yorqin boy ranglar palitrasi ustunlik qiladi.

Ko‘rgazmada O‘zbekiston va Janubiy Koreya rassomlarining 100 dan ortiq asarlari namoyish etilmoqda.

Tomoshabinlar ko‘rgazma davomida yana bir bor o‘ziga xosligi va ko‘p qirraliligi bo‘lgan ikki yetakchi Osiyo sanʼat maktabini solishtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

 

Ko‘rgazma joriy yil 20-iyulgacha davom etadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.