loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Ko‘rik-tanlov ko‘rgazmasi

Bugun Toshkent fotosuratlar uyida taniqli rumin haykaltaroshi Konstantin Brankuzi (1876-1957)shaxsi va ijodiga bag‘ishlangan rangtasvir va haykaltaroshlik ko‘rgazmasi ochildi.

Ko‘rgazmada Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari tomonidan Konstantin Brankuzining ijodidan ilhomlanib, ulug‘ rassom shaxsiga hurmat sifatida yaratgan kartina va haykaltaroshlik asarlari namunalari o‘rin oldi.

Konstantin Brankuzi XX asrning mashhur haykaltaroshlaridan biri hisoblanadi. U yaratgan haykallar shaklning nafisligi va materiallardan nozik foydalanilganligi bilan ajralib turadi.

Ko‘rgazma joriy yil 26 fevralga qadar davom etadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.