loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

“Maftunkor ranglar jilosi” rasmlar ko’rgazmasi bo’lib o’tadi.

Toshkent fotosuratlar uyida 2023-yil 29-noyabr kuni soat 11:00 da “Maftunkor ranglar jilosi” rasmlar ko’rgazmasining ochilish marosimi bo’lib o’tadi.

Adliya vazirligi, O‘zbekiston nogironlar jamiyati va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamkorligida 3-dekabr «Xalqaro nogironlar kuni» hamda yaqinlashib kelayotgan
Konstitutsiya kuni munosabati bilan «Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida joriy yilning 29-noyabr 5-dekabr kunlari Toshkent fotosuratlar uyida “Maftunkor ranglar jilosi” respublika ko‘rik tanlovining 2019-2023- yillardagi ishtirokchilari tomonidan chizilgan rasmlar ko‘rgazmasi haftaligi (xayriya aksiyasi) o‘tkazilmoqda.

Mazkur ko‘rgazmada 70 nafar 7-17 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalarni rasmlari o‘rin olgan.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.