loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Malayziya bilan hamkorlik

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari kengayib borayapti. Shu kunlarda Institut rektori Abbosjon Mirzorahimov Malayziyaning Pendidikan Sultan Idris universitetida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasidagi o‘zaro muloqotlarda ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari, kelgusi qo‘shma loyihalar yuzasidan fikr almashilmoqda.

17-noyabr kuni rektor Abbosjon Mirzorahimov Sultan Idris universiteti rahbariyati va professor-о‘qituvchilari uchun «Yangi О‘zbekistonda ta’lim islohotlari» mavzusida seminar о‘tkazdi.

Safar davom etayapti.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.