loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Manga uslubida chizilgan rasmlar ko`rgazma-tanlovi

2023 yilning 22 iyun kuni soat 17:00da O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta zalida Manga uslubida chizilgan rasmlar ko’rgazma-tanlovining ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Tanlovda manga – turli yoshdagi 22 nafar ishtirokchilarning ishlari namoyish qilindi.
Ko`rgazma – tanlov tashkilotchilari: O`zbekiston Badiiy akademiyasi, “O`zbekiston – Yaponiya” Do`stlik jamiyati, Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyi, O`zbekistondagi “Nevskaya palitra” kompaniyasi vakilligi. Hamkorlar: Yaponiyaning O`zbekistondagi elchixonasi.

🤔 “Manga” uslubidagi rasmlar ko‘rgazma-tanlovi g‘oliblari:
1-o‘rin – Durzoda Ismoilova (17 yosh);
2-o‘rin – Kamilla Alimuhamedova (17 yosh);
3-o‘rin – Saidazimxon Usmonov (21 yosh)

Tanlovning eng yosh ishtirokchisi Sofiya Shakirova (11 yosh) Rag‘batlantiruvchi mukofot bilan taqdirlandi.

Tanlov g‘oliblari Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda “Beta” mas’uliyati cheklangan jamiyatining diplom va sovg‘alari, qolgan ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

🤔Ko`rgazma joriy yilning 22 iyunidan to 2 iyulgacha davom etadi.

🤔Kirish bepul.

↖️Manzil: Yusuf Xos Xojib ko’chasi, 37 «A».

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.