loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Memorandum imzolandi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori Abbosjon Mirzorahimov boshchiligidagi institut mutasaddilari va katta o‘qituvchilari guruhi xizmat safari bilan Turkiyada bo‘lib turibdi.

Turkiyaning Karabük universiteti rektori, professor dr. Fatih Kirishik taklifiga muvofiq tashrifda bo‘lgan Institutimiz vakillari ushbu taʼlim dargohi faoliyati bilan yaqindan tanishadi, “O‘zbekiston va Turkiya madaniy merosini o‘rganish masalalari”  mavzusida seminar o‘tishadi.

Karabük shahridagi mazkur oliy ta’lim maskani 2007 yilda Turkiyada tashkil etilgan 17 ta yangi universitetdan biri hisoblanadi.

Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi eʼlon qilgan World University Rankings – 2020 reyting natijalariga ko‘ra, Karabük universiteti  dunyoning eng yaxshi 1000 ta universiteti ro‘yxatidan joy olgan.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instıtuti hamda Turkiyaning Karabuk universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hujjatga ikki oliy ta’lim muassasasi rektorlari – Abbosjon Mırzorahimov hamda Fatih Kırışık imzo qo‘ydi.

Memorandum kelgusida tomonlarning professor – o’qituvchılari, talabalar almashinuvi, stajırovka o’tash masalalarıni ko‘zda tutadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.