loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

“Mumtoz miniatyuraning zamonaviy talqini”

Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida shu nomli ko‘rgazma ochildi.

Bugungi kunda yuksak insonparvarlik g‘oyalari, milliy yo‘nalishning hayot bilan bevosita bog‘liq hamda uslubiga ko‘ra rang-baranglikda ijod qilgan N.Xolmatov, T.Boltaboyev,K.Amanov,P.Shobaratov ,A.Karimov,D.Toshev,B.Xadjimetov,Sh.Shoaxmedov,K.Mirzayev,U.Qosimov,Sh.Rixsiyev,K.Abdullayev , D.Po‘latova,K.Rasulov , K.Shomansurov,U.Orifjonov,M.Po‘latov, N.Tursunaliyev, X.Muxiddinov,A.Nazirov , Ismatillo, B.Xadjimetov, N.Qayumiy, N.Sa’dullayeva,B.Dedashev, Sh.Arifboyev kabi musavvirlar ijodiy asarlarini umrboqiy obrazlar bilan boyitishgan.

Mazkur ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad Sharq miniatyurasining betakror jilvasini zamonaviy talqinda namoyish qilishdan iborat.

Ko‘rgazmada 20 nafardan ortiq rassomlarning 60 dan ziyod asarlari namoyish etilmoqda.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.