Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi xodimi Bahtiyor Dedashev xatottlik san’ati bo‘yicha mahorat darslarini mohirona tarzda ko‘rsatib berdi.
Xattotlik (arab. – husnixat yozuvchi), kalligrafiya – yozuv (xat) san’ati, kitob ko‘chirish hamda me’moriy inshootlarni yaratish kasbi. Xattotlik san‘ati yozuvning paydo bo‘lishi natijasida yuzaga keldi. Ayniqsa, arab yozuvining keng tarqalishi tufayli xatottlik san’ati rivojlanishi jadallashdi. Sharqda, jumladan, O‘rta Osiyoda kitob bosish vujudga kelguniga qadar qo‘lyozma kitob tayyorlash, ularning nusxalarini ko‘paytirish (matn ko‘chirish) bilan xattotlar shug‘ullangan.
Tashkil etilgan mahorat darslariga Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti, Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi, Pespublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi va Pespublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatidan 110 nafarga yaqin o‘quvchi va talabalar tashrif buyurdi.