loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Navbatdagi hisobot ko‘rgazma

28-noyabr kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining “Akademiya” galereyasida Badiiy akademiya huzuridagi Rassomlik mahorat ustaxonasi stajyor-tadqiqotchisi Sarvinoz Qosimovaning «Najotkor farishta» nomli hisobot ko‘rgazmasi ochildi.

Ko‘rgazmada muallifning ekologiya va Orol fojeasiga bag‘ishlangan 40 ga yaqin rangtasvir asarlari, installyatsiyalar namoyish etilmoqda.

Ijodkorlar oilasida kamol topgan Sarvinoz bolalikdan tasviriy sanʼatga mehr qo‘ydi. Rassomlik mahorat ustaxonasida O‘zbekiston xalq rassomi, akademik Bahodir Jalolovdan saboq oldi.

Iste’dodli rassomning asarlari I.V.Savitskiy nomidagi san’at muzeyi (Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi, Nukus san’at muzeyi), Tasviriy san’at galereyasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va shaxsiy kolleksiyalarda saqlanmoqda.

Ko‘rgazma joriy yil 7-dekabrga qadar davom etadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.