loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

“Navroʻz – 2023” respublika badiiy koʻrgazmasi

Navroʻz bayrami sharq xalqlari orasida bir necha ming yillardan buyon nishonlanib kelinmoqda. Navroʻz tabiatning o’zidan kelib chiqqan xolda, kunu-tun tenglashgandan soʻng, kunlarning uzayishi, tabiatning uyg’onish bayramidir. Ayozli qishdan soʻng koʻkda quyoshning yuz koʻrsatishi, qirlarda maysa-giyohlarning nish urib chiqishi xalqimiz uchun haqiqiy bayramga aylangan. Nav – Yangi, roʻz – kun, yaʻni Yangi kun deb atalishi bejiz emas.

Bu bayram, avvalo, tabiatning jonlanishi, yangilanishi, Yangi yil bilan yurtimizga goʻzal bahor fasli kirib kelib, oʻzining yashil sepini yoyishi bilan boshlanadi.

Anʻananaga muvofiq Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi va  Badiiy koʻrgazmalar direktsiyasi Navroʻzni bayram vernisaj bilan qarshi oladilar.

Markaziy  koʻrgazmalar zalida ochilgan koʻrgazmada – Anvar Mirsagatov, Xurshid Ziyaxanov, Mariya Li-Safi, Tatyana Fadeeva, Jamol Usmonov, Akmal Ikramjanov kabi taniqli rangtasvirchi rassomlar, shuningdek, grafik rassomlardan – Anvar Mamadjanov, Tatyana Li, Asliddin Kalanov, kulol – Faniya Dedenyova va haykaltarosh Lyudviga Nesterovichlar oʻzlarining yangi  asarlari bilan ishtirok etmoqdalar.

Ularning      asarlarida bahorning nafisligi va goʻzalligi, borliqning falsafona talqini, yangicha badiiy ifoda izlanishlarini koʻramiz.

Ekspozitsiyadan 200 dan ortiq asarlar oʻrin olgan.

Koʻrgazma oʻz faoliyatini 10 aprelga qadar davom etadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.