loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Ostona shahrida so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy haykali o‘rnatildi

2022-yilning 29-iyul kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi ishlar vazirlari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 30 yilligini keng nishonlash bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi” ishlab chiqilib, tasdiqlangan, ushbu qo‘shma rejaga binoan Qozog‘iston Respublikasi poytaxti – Ostona shahrida so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy haykalini o‘rnatish nazarda tutilgan edi.

Mazkur vazifa yuzasidan 2022 yil 20 dekabrda Vazirlar Mahkamasining 713-F-son farmoyishi qabul qilinib, O‘zbekiston Badiiy akademiyasiga haykalni bronzadan yasash va manzilga yetkazish vazifasi topshirilgan edi.

Kuni kecha mutafakkir shoirning bronza haykali Ostona shahrida o‘rnatildi.

Balandligi to‘rt metrdan ziyod bo‘lgan mazkur haykal O‘zbekiston halq rassomi, haykaltarosh Jasvant Annazarov tomonidan yaratildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.