loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

O‘zbek rassomlari Turkiyada

2021 yilda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamda Maltepe shahar hokimligi (Istanbul) o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumiga muvofiq 10 nafar o‘zbek rassomi “100 ta rasm – Turkiya Respublikasining 100 yilligiga” xalqaro sanʼat loyihasida ishtirok etishmoqda.Yurtimiz vakillaridan tashqari Eron, Ozarbayjon, Rossiya, Qozog‘iston rassomlari qatnashayotgan loyihada tanlangan 100 ta ishning yakuniy ko‘rgazmasi joriy yilda 100 yilligi nishonlanadigan Turkiya Respublikasi tashkil topgan kun – 29 oktyabr kuni ochiladi.Loyihada O‘zbekiston rassomlaridan I.Valixo‘jayev, F.Ahmadaliyev, B.Mahkamov, D.Azizov, N.Oripova, G.Alimatova, T.Fadeeva,S.Qoismova, M.Mirsaidov, E.Kulmanov, N.Jurayeva qatnashyapti.

Rassomlarimiz o‘z ishini 12 martda yakunlashadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.