loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

“O‘zbekiston tasviriy san‘atida Shahrisabz rangtasvir san‘ati maktabining shakllanishi” mavzusida Respublika seminari bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 2-3-may kunlari O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san‘at maktab-internatida “O‘zbekiston tasviriy san‘atida Shahrisabz rangtasvir san‘ati maktabining shakllanishi” mavzusida Respublika seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminar dasturidan ko‘rgazmalar va  mahorat darslari o‘tkazildi.

Respublika seminari doirasida ustoz va shogird anʼanasi asosida o‘qituvchi A.Abdumo‘mnov va shogirdlarining “Ijod ko‘prigi” deb nomlangan ijodiy ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

Respublika seminarida ishtirokchilar va mehmonlar Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san‘at maktab-internati o‘qituvchilarining turli mavzudagi mahorat darslarini kuzatib bordilar.

 

Respublika seminarida ishtirokchilar va mehmonlar Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san‘at maktab-internati hududida o‘quvchilarning ochiq dars mashg‘ulotlari bilan ham yaqindan tanishishdi.

 

Respublika seminari doirasida Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati o‘quvchilarining Shahrisabz shahridagi tarixiy Oqsaroy majmuasi hududida plener mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Respublika seminari doirasida Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, badiiy fotorassom Zafar Ro‘ziqulovning “Qalbimdagi Vatanim” nomli shaxsiy fotoko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ekspozisiyaga muallifning O‘zbekiston viloyatlarida suratga olgan 100 ga yaqin badiiy fotosuratlari qo‘yildi.

Respublika seminari doirasida Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatida mazkur taʼlim muassasasining mutaxassislik fani o‘qituvchisi H.Nurboboyevning «Art-zamonaviy sanʼat» mavzusida seminar darsi bo‘lib o‘tdi.

Respublika seminarining ikkinchi kuni Shahrisabz shahar Madaniyat markazi ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasining Shahrisabz bo‘limiga aʼzo rassomlarning ijodiy ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

Shundan so‘ng, Shahrisabz shahridagi tarixiy obidalarni ziyorat qilish maqsadida Oqsaroy, Ko‘kgumbaz va Chorsu majmualariga sayohat uyushtirildi.

Shu bilan Qashqadaryo ISMIda Shahrisabz rangtasvir san‘ati maktabiga bag‘ishlangan Respublika seminari nihoyasiga yetdi.

Yakuniy tadbirda so‘z olganlar seminar ko‘tarinki ruhda o‘tgani, ishtirokchi va mehmonlar ikki kun davomida ko‘rgazma, mahorat darslari, ochiq mashg‘ulotlar, plenerlar orqali Shahrisabz rangtasvir san’ati maktabining o‘ziga xos uslubi,rivoji bilan tanishgani, kerakli ma’lumotga ega bo‘lishganini qayd etishdi.

Navbatdagi seminar joriy yilning ikkinchi yarmida Qoraqalpog‘istonda tashkil etilishi ma’lum qilindi va estafetani Qoraqalpog‘iston ISMI qabul qilib oldi.

Yana bir yangilik-yurtimiz tasviriy va amaliy san’atini targ‘ib etuvchi mazkur seminarning maxsus ramzi yaratildi.

Tadbir so‘ngida Shahrisabz seminari mezboni-Qashqadaryo ISMI direktori N.Xolmurodova Jollibay Izentayev nomidagi Qoraqalpog‘iston ISMI direktori J.Dosbergenovga Respublika seminari ramzini tantanali topshirib, omad tilab qoldi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.