loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

O‘zbekiston va Yaponiya arxitekturasi ko‘rgazmasi

9 iyun kuni O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida “Yaponiya va O‘zbekiston arxitekturasi: an’analar va zamonaviylik” ko‘rgazmasining ochilishi marosimi bo`lib o`tdi.

Loyiha tashkilotchilar: O’zbekiston Badiiy akademiyasi, Yaponiyaning O’zbekistondagi elchixonasi, Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyi.

Ushbu koʻrgazma loyihasi ishtirokchilari, xususan, Yaponiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi madaniy almashinuv, mahalliy meʼmorlar, dizaynerlar, rassomlarning anʼanalarni qayta koʻrib chiqish va ularni zamonaviy arxitekturaga sintez qilish boʻyicha yapon tajribasi bilan tanishtirish, shuningdek, O’zbekiston va Yaponiyaning boy meʼmoriy merosini namoyish etishga qaratilgan.

Ko`rgazmada namoyish qilinayotgan fotosuratlarda anʼanaviy yapon hamda oʻzbek meʼmorchiligi, qolaversa, ayrim yirik shaharlarning zamonaviy landshaftlari, shuningdek, Oʻzbekiston va Yaponiyaning tarixiy shaharlari meʼmoriy meroslari aks etgan.

Ko`rgazma joriy yilning to 18 iyunigacha davom etadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.