loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

«Prokuratura kubogi» o’tkazildi

Nukus shahridagi Markaziy amfiteatrda 6-sentyabr – Xalqaro kurash kuni munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o’ttiz ikki yillik bayramiga bag’ishlab Respublika turniri hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi «Prokuratura kubogi» o’tkazildi.

Turnirni yuqori darajada o’tkazish, shu jumladan, bayram tadbirini o’z rakursida ko’rgan holda tasvirlash bo’yicha rasmlar tanlovi tashkil etilib, tanlovda Qoraqalpogʻiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati o’quvchi-yoshlari ham ishtirok etdi va bayramga oʻzgacha koʻrinish bag’ishladı.

Tanlov yakunida Qoraqalpogʻiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatining 11-sinf o’quvchilari Xojambergenova Sapura 1-o’rin, Ibraimova Aysulu 2-o’rinni egalladi. 

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.