loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Qashqadaryo Xalqaro an’anaviy Тasviriy va amaliy san’at festivalining birinchi kuni

Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida Xalqaro an’anaviy Тasviriy va amaliy san’at festivalining tantanali ochilish marosimini maktab-internat direktori N.Xolmurodova kirish so’zi bilan ochib berdi.Festivalda boshlang’ich sinf o’quvchilarining badiiy dasturi barchaga ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi.Libos dizayni yo’nalishi o’quvchilarining podyumida liboslar kolleksiyasi namoyish etildi. Badiiy kulolchilik bo’yicha J.Mamadiyevning mahorat darsi tashkil etildi. Pedagog A.Buronovning akvarelda ishlash texnikasi bo’yicha o’tkazilgan mahorat darsi yoshlarga unutilmas lahzalarni taqdim etdi. Haykaltaroshlik yo’nalishi bo’yicha mahorat sabog‘i o’qituvchilar S.Hafizov va T.Ahmadovl tomonidan o’tildi.
Dizayn yo’nalishida samarali ijod qilib kelayotgan pedagog J.Qodirovning zamonaviy loyihalari ko’pchilikka manzur bo’ldi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.