loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Qashqadaryo

O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo‘limi ko‘rgazmalar zalida Qarshi davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti Rangtasvir (dastgohli) kafedrasi o‘qituvchisi B.Sayfullayeva va fakultetning 3-bosqich talabasi Sh.Bozorovaning ijodiy ishlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 17-30 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmadan B.Sayfullayevaning avangard yo‘nalishida 40 dan ortiq, shuningdek, Sh.Bozorovaning portret va manzara janridagi 30 dan ortiq asarlari o‘rin olgan. Aytish joiz, san’at asarlari ko‘rgazmasi san’at ixlosmandlarida katta qiziqish uyg‘otishi, shubhasiz.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.